Mastava sho'rva

Mastava sho'rva

Azizxon1 soat 20 daq4 kishiortacha

Guruchli quyuq sho'rva — qo'y go'shti, sabzavot va ko'katlar bilan. Sovuq kunlarga eng mos taom.

Buni kim pishirgan?

Hali hech kim bu retseptni pishirmagan. Birinchi boʻling — rasmini yuklang.

Ingredientlar

4 kishi
  • Qo'y go'shti400 g
  • Guruch1 piyola
  • Kartoshka3 dona
  • Sabzi1 dona
  • Piyoz2 dona
  • Pomidor2 dona

Tayyorlanishi

  1. 1-qadam · 10 daq

    Go'shtni kubik qilib to'g'rab, qozonda moyda qizartiring.

  2. 2-qadam · 10 daq

    Piyoz, sabzi va pomidorni qo'shib, birga qovuring.

  3. 3-qadam · 10 daq

    2 litr suv quyib qaynating, so'ng kartoshka va yuvilgan guruchni soling.

  4. 4-qadam · 30 daq

    Sekin olovda pishiring, tuz va ziravor soling, ko'kat sepib torting.

Izohlar

Birinchi izohni siz yozing.

Oʻxshash retseptlar